Van Bommelning o'g'li "AZ Alkmar"ga o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2023
Hujumchi Ruben van Bommel "AZ Alkmar" futbolchisiga aylandi.

Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchi "Maastrixt"dan AZga o'tdi.

18 yoshli forvard may oyida Niderlandi chempionati birinchi ligasining mavsumdagi eng iqtidorli futbolchisi deb tan olingandi. Gollandiyalik barcha musobaqalarda 34 uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma etkazib berdi.

Rubenning otasi - mashhur sobiq futbolchi Mark van Bommel.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: az.nl