“Uzr challenge” navbati Lukakuga

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2022, 08:30
“Chelsi” forvari Romelu Lukaku oxirgi bergan intervyusidan pushaymonligini bildirib, jamoadoshlari va klub xodimlaridan uzr so'radi.

“Liverpul”ga (2:2) qarshi o'yindan keyin jamoaviy yig'ilish bo'lib o'tgan va unda Romelu barchadan kechirim so'ragan. 

Shuningdek, klub prezidenti Roman Abramovich Tomas Tuxelning qarorini inobatga olib, Lukakuni “Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan qaydnomadan chiqarilishiga rozilik bildirgani aytilmoqda.

Ammo nemis mutaxassisi belgiyalik hujumchiga ishonishda davom etadi va uni “Tottenxem”ga qarshi bo'lajak o'yinda maydonga tushirishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com