

Murabbiy qishda jamoa bilan 6 yillik shartnoma imzolagan bo'lishiga qaramasdan 108 kundan so'ng "Chelsi" bilan xayrlashdi.
Liam Rosenorning ishdan olinishi "Chelsi"ga jami 24 million funtga tushadi. Bu haqida Football London nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Liam yanvar oyida Enco Mareskining o'rniga ish boshlagandi. Uning qo'l ostida "ko'klar" so'nggi beshta uchrashuvda bitta ham gol urmasdan mag'lub bo'ldi. Shuningdek, uning boshqaruvida jamoa ECHLdan chiqib ketdi.
Ayni vaqtda "Chelsi" APLda 48 ta ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.



