

Usmon Toshev championat.asia sayti bilan suhbatda ushbu xabarni tasdiqladi.
"Kechadan rasman O'FA terma jamoalar markazida ish boshladim va ayni paytda Toshkentdaman", - deydi Usmon Toshev.
Xabaringiz bor, mazkur bo'limni Aziz Haydarov boshqarib kelayotgandi, biroq JCH saralashdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Haydarov o'z xohishiga ko'ra O'FAdan ketganidan beri bu lavozim egasiz qolib kelayotgan edi.



