Umar Adhamzoda "Paxtakor"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
3 dek 2025
Mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan "Paxtakor" jamoasi tarkibida o'zgarishlar boshlandi.

"Sherlar" safini Umar Adhamzoda tark etdi. Futbolchi "Paxtakor" libosida 2 mavsum to'p tepdi. 2025 yilda u Superligada 21 ta o'yinda harakat qildi va 2 ta gol, 5 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchining qiymatini 450 ming evroga baholagan.

Avvalroq Umar Adhamzodani "Neftchi"ga qaytayotgani haqida xabar bergan edik.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia