

Jamoa kecha "Irtish"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Aytib o'tish joizki, kecha Superliganing yangi mavsumiga qur'a tashlandi. Qur'aga ko'ra, "ajdarlar" mavsumni "Xorazm"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Tayyorgarlik haqida "Nasaf" sardori Umar Eshmurodov fikrlari bilan bo'lishdi.
"Qur'a haqida nima deyish mumkin? Hamma jamoalar munosib tayyorgarlik ko'rmoqda. Tarkibni yaxshi futbolchilar, kerak bo'lsa legionerlar bilan to'ldirmoqda. Bu yilgi Superliga ham qiziqarli va kurashlarga boy o'tishini kutmoqdaman",- deydi Umar Eshmurodov.



