U-23 Osiyo Kubogida birinchi yarim finalchi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2026, 19:51
U-23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan Yaponiya – Iordaniya bahsi poyoniga etdi.

Uchrashuv asosiy vaqtida 1:1 qayd etildi va qo'shimcha taymlarda hisob o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida g'alaba "samuraylar"ga nasib etdi. Uchrashuvda o'zbekistonlik hakamlar brigadasi faoliyat yuritdi. Asker Najafaliev bosh hakamlik qilgan bo'lsa, unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Baxtiyorxo'ja Shavkatov ko'maklashdi. VAR sifatida esa Firdavs Norsafarov ishladi. 

U-23 Osiyo Kubogi

Chorak final

Yaponiya – Iordaniya 1:1 (4:2 – penaltilar bo'yicha)

Gollar: Furuya 50' – Azaizeh 30'





Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia