U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston Saudiya Arabistoni, Xitoy, Tailand bilan bir guruhdan joy oldi

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2025
Avval xabar berganimizdek, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida U-17 Osiyo kubogiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quyida barcha guruhlar aniq bo'lib ulgurdi. Vakillarimiz guruhda Saudiya Arabistoni, Tailand, Xitoy bilan kuch sinashadi. 

"A" guruhi

1. Saudiya Arabistoni

2. O'zbekiston

3. Tailand

4. Xitoy


"B" guruhi 

1. Yaponiya

2. Avstraliya

3. Vetnam

4. BAA


"S" guruhi

1. Koreya Respublikasi

2. Yaman

3. Afg'oniston

4. Indoneziya


D” guruhi

1. Eron

2. Tojikiston

3. O'mon

4. KXDR

Ma'lumot o'rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so'nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025-yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia