

OFK matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqinlashib kelayotgan U-17 Osiyo kubogi bahslariga hamyurtlarimiz tayinlangan.
Saudiya Arabistonidagi musobaqa (U-17 o'g'il bolalar)
2026-yil 5–22-may kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan U-17 Osiyo kubogida hakamlar brigadasi ishlashadi:
Bosh hakam: Akobir Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov va Islom Azimov
Xitoydagi musobaqa (U-17 qizlar)
Shuningdek, 1-17-may kunlari Xitoyda bo'lib o'tadigan U-17 qizlar terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogida hakamimiz Roziyabonu Yusupova bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.



