Turkmaniston kubogida yarim finalchilar aniqlandi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026
8 mart kuni Turkmaniston futbol federatsiyasi kubogining "B" guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Natijalarga ko'ra, yarim finalda sovrin uchun kurashni davom ettiradigan barcha jamoalar aniqlandi.

Kunning dastlabki o'yinida muddatidan avval yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Arkadag'" jamoasi "Marv"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Kunning ikkinchi o'yinida "Ashxobod" Turkmaniston U20 terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, 10 mart kuni bo'lib o'tadigan yarim finalda "Shag'adam" "Ashxobod" bilan, "Arkadag'" jamoasi esa "Ahal" bilan kuch sinashadi. Turkmaniston federatsiya kubogi final uchrashuvi 12 mart kuniga belgilangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia