Tudor "Tottenxem" APLda qolishiga ishonadi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026, 13:18
"Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudor Angliya chempionatining 27-turida "Arsenal"dan (1:4) yirik hisobda mag'lub bo'lganidan keyin mavsum yakunida jamoasining APLda o'rnini saqlab qolish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

"Men "Tottenxem" APLda qolishiga ishonamanmi? Albatta ishonaman, chunki bizda yaxshi futbolchilar bor, ammo ularda yomon odatlar mavjud. Ular sifatli o'yinchilar, hech kim ularda mahorat yetishmaydi deb ayta olmaydi. Ehtimol, dunyodagi eng yaxshi jamoa, faqat start u qadar ishonchli emas", – dedi Tudor.

Mutaxassisning fikricha, "shporlar" o'yinlarni yaxshi boshlash uchun psixologiya va to'g'ri ruhiy tayyorgarlik ustida ishlashi kerak.

"Tottenxem" 29 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoa 1 mart kuni mehmonda "Fulxem"ga qarshi o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC