"Tottenxem" tarixiy antirekord o'rnatdi

Khoja
6 mar 2026
5 mart kuni "Tottenxem" o'z maydonida APLning 29-turi doirasida "Kristal Pelas"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu "shporlar" uchun chempionatdagi qatorasiga beshinchi mag'lubiyatdir.

"Tottenxem" APLda 28 dekabrdan buyon g'alaba qozonmayapti. Shu vaqtdan beri jamoa 7 marta mag'lub bo'ldi va 4 marta durang qayd etdi. Bu klub tarixida birinchi marta yuz bermoqda.

"Tottenxem" APL turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. "Shporlar"ni Chempionshipga tushib kyetish zonasidan atigi bir ochko ajratib turibdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com