"Tottenxem" "Bornmut" yulduzini transfer qilmoqda

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024
"Bornmut" angliyalik hujumchi Dominik Solankeni Londonning "Tottenxem" klubiga sotishga rozi bo'ldi.

Taniqli jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, "olchalar" 26 yoshli futbolchining transferidan o'zlari uchun rekord miqdorda daromad oladi. Aniq raqam e'lon qilinmadi, chunki klublar hali yakuniy kelishuvga erishmagan.

Solanke 2023/24 yilgi mavsum "Bornmut" safida 42 ta o'yinda qatnashib, 21 ta to'p kiritgan va 4 ta golga assistentlik qilgan. Uning "Bornmut" bilan shartnomasidagi tovon puli – 75 mln evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC