Tomas Myuller: “MLSga o'tishim ehtimoldan xoli emas”

Iskandarov Abdulaziz
26 iyun 2025
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller o'z faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Ha, mening MLS klubiga o'tishim ehtimoli bor. Biroq bu masalani puxta o'ylab chiqishim kerak. Hozir men to'liq ravishda ushbu turnirga e'tiborimni qaratganman. Balki, sahna ortida ma'lum muzokaralar olib borilayotgandir, lekin men uchun hozirgi paytda eng muhim narsa - turnir. Men hech qayoqqa shoshmayapman, qaror qabul qilishda bosim ham yo'q. Keyin ko'ramiz", - deya Myullerning so'zlarini keltiradi Goal nashri.

Eslatib o'tamiz, Tomas Myuller 2009 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishini avvalroq e'lon qilgan. Shuningdek, Myuller "Bavariya" tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: GOAL.COM