Anchelotti va Tuxel MYUni boshqarmaydi. Yana 3 nomzod bor

Mirjalol Normatov
6 mar 2026
Karlo Anchelotti va Tomas Tuxel "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga kelmaydigan bo'ldi.

"The United Stand" ma'lumotiga ko'ra, ikkala mutaxassis ham o'z termalari bilan JCH-2026 uchun tayyorgarlikni davom ettiradi.

Ayni damda MYU oldida uch nomzod bor:  Roberto De Dzerbi (ayni damda ishsiz), Yulian Nagelsmann (Germaniya termasi) va Roberto Martines (Portugaliya termasi).

Ayni damda jamoani Maykl Kerrik boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 6 g'alaba va 1tadan durang hamda mag'lubiyat qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia