Tomas Myuller Evro saralashida gol urish bo'yicha Gerd Myullerga yetib oldi
Aslanov Jasurbek
12 okt 2015, 12:12
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Gruziyaga qarshi bahsning 50-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
Bu gol 26 yoshli germaniyalik uchun Yevropa chempionati saralashidagi 12-golga aylandi va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gerd Myullerga yetib oldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Miroslav Kloze yetakchi va uning hisobida 16ta gol bor.