Toma Tabatadze "Neftchi"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
16 iyul 2025
Farg'onaning "Neftchi" jamoasida tarkibiy o'zgarishlar davom etmoqda.

Gruziyalik hujumchi Toma Tabatadze klub bilan xayrlashdi va mavsumning ikkinchi yarmini boshqa jamoa safida o'tkazadi.

Tabatadze joriy mavsum Superligada 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. O'zbekiston Kubogida esa 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 200 ming evroni tashkil etadi.


"Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman" - sevimli futbolchisi sharafiga familiyasini "o'zgartirgan", "qirol" laqabini olgan hamda "Navbahor" safida gol urgan gruziyalik legioner bilan yaqindan tanishamiz


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia