Tite 5 ta taklif oldi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2022
Mutaxassis ishga qaytishga shoshilmayapti.

Braziliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Tite 5 ta taklif oldi, deb xabar berdi "O Globo". 

Mutaxassisni ishga taklif qilishga 3 ta terma jamoa va 2 ta Yevropa klubi qiziqish bildirmoqda.

Tite ishga qaytishga shoshilgani yo'q. Ehtimol, mutaxassis yozgacha tatilda bo'ladi.

Avvalroq Tite Braziliya terma jamoasini tark etishi sababini aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: O Globo