Tim Kexill Ronalduni "Oltin to'p" uchun asosiy nomzod deb atadi

Aslanov Jasurbek
23 may 2019, 10:45
Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Tim Kexill "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni "Oltin to'p" uchun asosiy davogar deb hisoblaydi.

"Ronaldu "Yuventus"dagi o'yini tufayli "Oltin to'p" uchun asosiy davogar. U "Real"dan ketdi va boshqa ligaga katta ta’sir ko'rsatdi. Uzoq vaqt davomida bunday o'yin ko'rsatgan futbolchini eslay olmayman. Ronaldu bu mavsum Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmadi, ammo u o'zi o'ynagan har bir klub rivojiga katta xissa qo'shdi.

Odamlar gapimga qo'shilmasliklari mumkin, men shunchaki uning professionalizmini qadrlayman" - deydi Kexill.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Alkass Sport