Tete: "Orzuim - "Liverpul" va "Manchester Yunayted"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 12:43
"Shaxtyor" vingeri Tete kelajagi borasidagi savolga javob berdi.

Braziliyalik futbolchi APLning top-klublarida o'ynash orzusi ekanligini aytdi.

"Orzuim - "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted"da o'ynash, biroq ayni damda bor e'tiborim "Shaxtyor"ga qaratilgan. Bu yerda yana bir necha yillik shartnomam bor. O'z ishimga sodiqman", - dedi Tete.

Ushbu mavsumda Tete 19 o'yinda 2 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte