"Surxon" uch nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Khoja
31 dek 2026, 08:19
Rustam Turdimurodov, Maksim Murkaev va Sunnatilla Poyonov "Surxon"ni tark etishdi.

Barcha futbolchi surxondaryoliklar safida ijara asosida to'p surayotgandi. 

Rustam Turdimurodov "Surxon" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Maksim Murkaev so'nggi ikki mavsum davomida "Surxon"ning U 21 jamoasi tarkibida to'p surib, yoshlar chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritdi. Sunatilla Poyonov o'tgan mavsum davomida 24 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo'ldi




KhojaMuallif
Manba: @FCSURXON_OFFICIAL