

“Surxon”ning legioner himoyachisi Jamaldin Xodjaniyazov klubdan ketgani aytilmoqda.
Futbolchi “Neftchi” bilan o'yinda ko'plab asosiy futbolchilar singari maydonga tushmagandi.
Uning “Surxon” safidagi oxrigi uchrashuvi 12 aprel kuni “Navbahor”ga qarshi bo'ldi”, – deyiladi xabarda.

Rossiyalik 29 yoshli futbolchi joriy mavsum termizliklar tarkibida 5 o'yinda qatnashdi. E'tiborlisi, klub yil boshida u bilan shartnomani 2 yilga uzaytirgan edi.



