Superliga. Bugun 9-turga start beriladi

22 apr 2026, 07:27
Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan 2 ta bahs bo'lib o'tadi.

Surxondaryoda "Surxon" hali chempionatda bir ochko ham qo'lga kiritmagan "Mashal"ni mehmon qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da start oladi. Kunning ikkinchi bahsi Buxoroda bo'lib o'tadi. Unda "Buxoro" va "Paxtakor" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 20:15 da boshlanadi.

22 aprel

"Buxoro" – "Paxtakor"

  • Bosh hakam: Doston Rahmonov

  • Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzaqov

  • Zaxira hakami: Nurken Urazbaev

  • VAR hakami: G'ayrat Jo'raev

  • AVAR hakami: Alisher Usmonov

  • Nazoratchi: Konstantin Smirnov

  • Komissar: Diyor Xotamqulov

"Surxon" – "Mashal"

  • Bosh hakam: Jasur Muxtorov

  • Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov

  • Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymonov

  • VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

  • AVAR hakami: Nasibabonu Toshmuhammedova

  • Nazoratchi: Zokir Qodirov

  • Komissar: Bekzod Aripov


Manba: championat.asia