Suares 2023 yil oxirigacha "Gremio"da qoladi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023
"Gremio" hujumchisi Luis Suares Braziliya terma jamoasida shu yilning oxirigacha qolishi ma'lum qilindi, deb xabar berdi ESPN.

Klub 36 yoshli urugvaylik futbolchining "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlari Lionel Messi va Serxio Buskets bilan "Inter Mayami"da birlashish istagiga qaramay, uni kamida dekabrgacha olib qolmoqchi.

Suaresning "Gremio" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 4 million evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN