

"So'g'diyona" final ostonasi uchun jangda "Buxoro" bilan bahs olib borishi kerak bo'ladi. Jizzaxliklar shu kunga qadar 2 marotaba mamlakat kubogi yarim finalida harakat qilgan va ikkisida ham imkoniyatni boy bergan.
1995 yil ularni ikki o'yin natijasiga ko'ra, MXSK to'xtatib qolgan bo'lsa, 2022 yil "Navbahor" "So'g'diyona"ni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub qilib, finalga yo'llanma olgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" – "So'g'diyona" bellashuvi 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.



