Shavkat Salomov "So'g'diyona"da

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2022
Tajribali yarim himoyachi Jizzaxning "So'g'diyona" klubi safida ko'rinish berdi.

Aftidan, 36 yoshli futbolchi endilikda Ulug'bek Baqoev jamoasida to'p tepadi.

Ma'lumot uchun, 3 karra O'zbekiston chempioni Shavkat Salomov bungacha "Buxoro" safida o'ynab kelayotgandi. 

U ushbu mavsum Pro ligada 10 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali uning hozirgi narxini 50 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia