"Shalke" hujumchisi Emboloning oyog'i sindi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 11:02
"Shalke" klubi hujumchisi Brel Embolo kecha "Augsburg"ga qarshi o'yinda oyoq suyagini sindirib oldi.

Birinchi bo'limda futbolchi raqib himoyachisi bilan to'qnashib ketdi. Embolo maydonni shifokorlar yordamida maxsus uskunalar yordamida tark etdi, o'yindan keyin uning oyoq suyagi singani ma'lum bo'ldi. Shunday qilib, u 20 oktyabr kungi Yevropa ligasi doirasidagi "Krasnodar"ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de