Shahzod Ubaydullaev "Metallurg"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
20 noya 2024
Mavsum poyoniga yetishiga 2 ta tur qoldi. Jamoalar tarkibida o'zgarishlar allaqachon boshlanib ketgan.

Superligada muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotgan "Metallurg"ni futbolchilar tark etmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, hujumchi Shahzod Ubaydullaev jamoa bilan xayrlashgan. U so'nggi ikki o'yin qaydnomasidan joy olgani yo'q. 

Ma'lumot uchun, futbolchi 2024 yil bekobodliklar safida 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol, 3 ta assist qayd etdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia