Sergeev uchun yana bir davogar paydo bo'ldi

Khoja
2 yanv 2026, 08:28
Igor Sergeev legioner bo'lish ehtimoli yuqorilashib bormoqda.

Unga Eronning "Persepolis" va "Sepaxon" jamoalaridan tashqari yana bir davogar paydo bo'ldi.

Indoneziyaning "Persib Bandung" jamoasi O'zbekiston termasi va "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeevga jiddiy qiziqmoqda.

Indoneziya chempioni tajribali forvard transferi uchun "Persepolis" va "Sepaxon" bilan kurash olib boradi va o'tish uchun 1,2 mln dollar ajratishga tayyor.

OAVga ko'ra, klub Sergeevni oktyabr oyidan beri kuzatib keladi


KhojaMuallif
Manba: championat.asia