Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronalduga "Oltin butsa" topshirildi

Khoja
15 sen 2025, 08:21
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining o'tgan mavsumining eng yaxshi to'purari sifatida "Oltin butsa"ni oldi.

"Al Nassr" sardori Krishtianu Ronaldu 2024/2025 yilgi mavsum uchun "Oltin butsa"ni oldi. 40 yoshli futbolchi qatorasiga ikkinchi yil ushbu mukofotga ega chiqdi. Unga sovrinni "AlNassr"ning sobiq sardori va klub tarixidagi eng yaxshi to'purar - Majid Abdulla topshirdi", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

O'tgan mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Forvard 2023 yildan buyon "Al Nassr"da to'p suradi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com