Saka shartnomani uzaytiradi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2026
Bukayo Saka "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytiradi.

Futbolchi yaxshilangan shartnomaga qo'l qo'yishga rozi bo'ldi.

Yangi kelishuv 2031 yil yozigacha mo'ljallanadi. 24 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2027 yil yozigacha amal qilardi.

Saka "Asenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa tarkibida 250dan ko'p o'yinda qatnashib, 77 gol va 78 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic