Ryudiger "Chelsi"ga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 may 2025
Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger "Chelsi"ga qaytish ehtimoli bor.

London klubi germaniyalik futbolchini yozda sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. "Real" uni sotishiga futbolchining maydon tashqarisidagi xatti-harakatlari sabab bo'lishi mumkin.

Ryudiger 2017 yildan 2022 yilgacha "Chelsi"da o'ynagan.

"Aristokratlar" hushyor bo'lib turibdi va imkoniyat tug'ilishi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/deadlinedaylive