Rossiyadagi nikoh to'yida kelin-kuyov Messining liboslarini kiyishdi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021
Rossiya fuqarosi Stanislav Merkis va uning sevgilisi Anna o'z to'yini qiziqarli tarzda o'tkazishga qaror qilishdi.

Yangi turmush qurayotgan juftlik nikoh to'yida argentinalik futbolchi Lionel Messining "Barselona" va "PSJ" klublaridagi liboslarini kiyishgan.

"Biz Stas bilan Krasnoyarskdagi futbol maydonida tanishdik, "Barselona" va "PSJ" o'yiniga tashrif buyurdik, to'yimiz arafasida esa Messi bir klubdan boshqasiga ko'chib o'tdi. Shu tariqa ikki tarixiy voqeani birlashtirishga qaror qildik!" - deydi Anna Merkis.

Eslatib o'tamiz, Messi "ko'k-anorranglilar" bilan yangi shartnoma imzolay olmagach, avgust oyining boshida klubni tark etdi.

Leo Parij klubi bilan 10 avgust kuni 2+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sibnovosti