Ronalduning sobiq jamoadoshi Ronaldudan ko'ra Messiga qarshi o'ynash qiyinroq ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2024, 18:37
Leonardo Bonuchchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirdi.

- Nega Ronaldu "Yuventus"ni kuchli jamoaga aylantira olmadi?

- Krishtianu kelishi Chempionlar ligasidagi g'alabani anglatgandek edi, ammo futbol - aniq fan emas.

Krishtianu bizni yanada irodaliroq qildi. Bazida maydonda hammasi ham o'xshamas edi, ammo chempionga istisnoqilish mumkin, chunki har safar u bilan bahs 1:0 hisobida boshlanadi. Qolgan yulduzlar kabi unga ham hudud kerak bo'lardi. Jiji (Buffon) bilan ham shunday bo'lgan.

- Kimga qarshi o'ynash qiyinroq: Messi yoki Ronaldu?

- Messining harakatlarini oldindan bilish qiyinroq edi. Krishtianu - ideal mashina, ammo uning harakatlarini payqash biroz bo'lsada osonroq bo'lgan - dedi Bonuchchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport