

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu va Rafael Nadal Tatel Group bilan hamkorlikda Dohaning mashhur Al Maha hududidagi restoranga sarmoya kiritdi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik hujumchi va "Ulkan toj"ning 22 karra g'olibi tamaddixonaga katta miqdorda pul ajratdi.
Tatel Group Ispaniya, AQSH va Saudiya Arabistonida bir nechta restoranlarga ega. Boshqa sportchilar ham kompaniyaga sarmoya kiritishgan. Basketbolchilar Pau Gazol va Rudi Fernandes, shuningdek, qo'shiqchi Enrike Iglesias shular jumlasidan.



