Ronaldu sartaroshini mehmonxonada o'lik holda topishdi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2019, 15:22
"Yuventus" hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning bosh sartaroshi Rikardo Markes Ferreyra Cyurixdagi mehmonxonada o'lik holda topildi.

Mehmonxona xodimi 2 noyabr kuni Ferreyra xonasiga tozalashga kirganida pichoqlangan sartarosh tanasini ko'rib qolgan. Uning so'zlariga ko'ra, Markes qonga botgan holda yotgan edi, xonadan esa alkogol hidi kelib turgandi.

Hozircha Rikardo Markesni kim o'ldirgani ma'lum emas. Policiya tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo