Ronaldu oilasi bilan birga Saudiya Arabistonini tark etdi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2026, 15:16
"Al Nassr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu oilasi bilan birga shaxsiy samolyotida shoshilinch tarzda Saudiya Arabistonidan uchib ketdi.

Bu haqda "The Sun" ma'lum qildi.

Ronaldu Ar-Riyodda sevgilisi Jorjina Rodriges va besh nafar farzandi bilan yashaydi. O'tgan hafta oxirida Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat keskinlashgani fonida shahar dronlar hujumiga uchragan, hozirda esa hujumlar davom etayotgani aytilmoqda.

41 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Al Nassr" libosida 22 o'yinda 20 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun