"Roma" Turkiya bosh murabbiyi bilan aloqaga chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024
"Roma" vakillari Turkiya bosh murabbiyi Vinchenco Montella bilan aloqaga chiqqan.

Montellaning Turkiya futbol Federatsiyasi bilan shartnomasida tovon puli to'lab, kelishuvni bekor qilish bo'yicha band mavjud. Buning uchun murabbiy olti oylik maoshiga teng summani to'lab berishi, yani 1,1 mln evro.

"Milan" va "Fiorentina" klublari sobiq murabbiyi "Roma" o'ziga 2,5 million evrodan kam bo'lmagan maosh taklif qilsa, o'sha banddan foydalanishga tayyor.

Ma'lumotlarga qaraganda, Rim klubi rahbariyati Montella bo'yicha yakuniy qarorini Turkiyaning Millatlar Ligasidagi keyingi o'yinigacha qabul qilishi aytilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gazzetta.it