"Roma" Lukaku borasida qaror chiqardi

Mirjalol Normatov
26 sen 2023, 21:30
O'tgan transferlar oynasi vaqtida "Roma" "Chelsi"dan Romelu Lukakuni ijaraga olgandi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, A Seriya klubi vakillari ushbu mavsum yakunlanganidan so'ng 30 yoshli belgiyalikni sotib olishga harakat qilib ko'radi. O'z navbatida "bo'rilar" narxni tushirish uchun "Chelsi"ga Temmi Abraxamni taklif qilib ko'rish variantini ham ko'rib chiqadi.

Lukaku "Roma" tarkibida 4 o'yin o'tkazdi va 3 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. "Roma"ning navbatdagi uchrashuv 28 sentyabr kuni safarda "Jenoa"ga qarshi o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato