“Roma” “Atalanta” himoyachisini ijaraga oldi

“Atalanta” himoyachisi Rojer Ibanes ijara asosida “Roma”da to'p teadigan bo'ldi.

Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

21 yoshli braziliyalik futbolchining ijara shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Shuningdek, kelishuvga ko'ra u jamoasi bilan ma'lum sovrinlarni qo'lga kiritsa, rimliklar uning transfer huquqini sotib olishga majbur bo'lishadi. Shunga ko'ra, Ibanesning transferi uchun “Roma” 8 million evro (qo'shimcha bonuslar uchun 2 million evro) to'lab beradi. O'shanda “Roma” himoyachi bilan  2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzishi mumkin bo'ladi.

Joriy mavsumda Ibanes “Atalanta” safida atigi 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Manba: "Рома" клуби расмий сайти