Eldor Shomurodov jamoasiga "Ayaks"dan himoyachi keldi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
"Roma" matbuot xizmati "Ayaks" himoyachisi Devayn Rench transferini e'lon qildi.

22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Transfer 5 mln evroni tashkil qildi. Himoyachi Rim klubida 2-raqamda harakat qiladi.

Rench – "Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2020 yildan buyon Amstyerdam jamoasining asosiy jamoasida 100 dan ortiq o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Niderlandiya terma jamoasida 1 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com