

Sud o'tgan yil may oyida qonunni buzgan futbolchini 6 oy davomida mashina haydamaslik va 1140 funtga jarima to'lashi borasida qaror chiqardi. Riyadning Mersedesi Nortgemptondagi trassada soatiga 77 mil tezlikda harakatlangan. Bu trassada maksimal mumkin bo'lgan tezlik - soatiga 50 mil. Maxrez policiyaga o'sha paytda mashina rulida kim bo'lganini aytmadi.
Bu mavsumda Maxrez Lester safida 32ta o'yinda maydonga tushib 16ta gol urdi va 11ta golli pas oshirdi.



