"Real" Kamavingaga narx qo'ydi

Alisher Ostonov
14 dek 2025
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

Madrid klubi francuz bilan xayrlashishga tayyor. "Qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining jarohat olganidan xavotirda.

"Real" Kamavinga bo'yicha 100 mln evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Uni sotishdan tushgan mablag' yangi xavbeklar sotib olishga sarflanadi.

Avvalroq OAV Kamavinga PSJ va APLning bir qator klublari qiziqishlari doirasiga kirishi haqida yozgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Defensa Central