"Real" himoyachisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
13 mar 2026
"Real" himoyachisi Ferlan Mendining o'ng oyog'i boldir sohasida jarohat tashhisi qo'yilgan.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Hozircha uning qachon safga qaytishi ma'lum qilinmagan.

"The Athletic" ma'lumotiga qaraganda, futbolchi eng kamida FIFA kunlarigacha safga qaytmaydi.

Mendi ushbu mavsumda LaLiganing faqatgina ikki o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic