"Real" Ginter bilan shartnoma imzolashni rad etdi

Alisher
20 yanv 2022, 15:09
Mattias Ginterning Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi.

"Real" 28 yoshli futbolchi bilan bog'langan klublardan biri edi, ammo madridliklar ushbu g'oyadan voz kechishdi.

Ginter 2021/22 yilgi mavsum jamoa safida 19ta o'yinda maydonga tushdi.

Oldinroq, nemisning "Inter"ga o'tishga yaqinligi haqida xabar berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central