"Real" transfer maqsadlarini belgilab oldi. Asosiy nishon - Mbappe

Aslanov Jasurbek
14 okt 2021, 23:41
"Qaymoqranglilar" keyingi mavsum uchun rejalarni tuzishmoqda.

Klubning asosiy maqsadi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bo'ladi. Bundan tushqari, "Real Madrid"  Pol Pogba va "Monako" futbolchisi Orelen Tchuameni transferini ham muhokama qilmoqda. Madridliklar yuqoridagi nomzodlardan tashqari, "Sevilya" o'yinchisi Jyul Kundeni ham kuzatishmoqda.

Eslatib o'tamiz Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi va u Madrid klubiga erkin agent maqomida o'tishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca