

Ispaniya grandi "Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaesni nishonga oldi.
Ammo, londonliklar futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Qayd etilishicha, "Arsenal" kelishuv imkoniyatini ko'rib chiqishi uchun 100 million evrodan ortiq mablag' talab etiladi.
Bu mavsumda Gabriel Magalyaes "Arsenal" safida 43 ta o'yin o'tkazdi. Unda himoyachi to'rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt braziliyalikning narxini 75 million evroga baholamoqda.



