Rasman: Yarmolenko "Al Ayn" a'zosiga aylandi

Alisher
13 iyul 2022, 17:38
Ukraina terma jamoasi yetakchisi Andrey Yarmolenko faoliyatini BAAning "Al Ayn" klubida davom ettiradi.

32 yoshli ukrainalik 2022/23 yilning oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Yarmolenko BAAga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi, uning "Vest Xem" bilan kelishuvi ushbu yozda nihoyasiga etgandi.

Futbolchi o'tgan mavsum "bolg'achilar" safida 34 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan. 

Oldinroq unga MLS klubi va Angliyaning "Fulxem" jamoasidan qiziqish bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn"ni Yarmolenko bilan "Dinamo" Kievda birga ishlagan ukrainalik murabbiy Sergey Rebrov boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostidagi jamoa o'tgan mavsum chempionat va BAA Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: alainclub.ae