Rasman: Valijon Rahimov – "Bunyodkor" a'zosi!

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025
Mavsumning birinchi qismini "Andijon"da o'tkazgan darvozabon Valijon Rahimov "Bunyodkor"ga o'tdi.

U "qaldirg'ochlar" bilan 2026 yilning 1 dekabriga qadar mo'ljallangan bitim tuzdi.

Avvalroq 30 yoshli futbolchi "Andijon" bilan shartnomani o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilgandi.

Valijon Rahimov o'tgan vaqt mobaynida andijonliklar safida 7 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazib yuborgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати