Rasman: "Liverpul" himoyachi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025
Vengriyalik himoyachi Milosh Kerkez "Bornmut"dan "Liverpul"ga o'tdi.

Bu haqda "qizillar" matbuot xizmati xabar berdi.

"Chap qanot himoyachisi tibbiy ko'rikdan o'tdi va AXA mashg'ulot markazida Premer-liga chempioni bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq futbolchining transfer narxi 40 million funt (46,8 million evro)ni tashkil etishi xabar qilingandi.

21 yoshli Milosh Kerkez Angliya Premer-ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida 38 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpool.com